
Portugaliya terma jamoasi forvardi JCH-2026 doirasida O'zbekistonga qarshi kechgan uchrashuvda (5:0) dubl qayd etdi. Bundan avval u turnirning ochilish o'yinida Kongo DR bilan bahsda (1:1) gol yoki assist muallifiga aylana olmagandi.
"Oddiy tomoshabin sifatida men biroz hayratdaman, chunki Ronaldu va Lionel Messi - oxirgi 10-15 yilning eng yaxshi futbolchilaridir.
Ronalduning birinchi o'yindagi kuchli tanqidlardan so'ng, 41 yoshida shunday yorqin va g'ayrat bilan javob qaytarganini ko'rish ajoyib bo'ldi. Bundan juda xursand bo'ldim.
Krishtianu o'z yoshida hamon nimadir o'xshashmay qolsa, qattiq qayg'urishi va bunga munosabati yanada hayratlanarli ekanini takidlamoqchiman", - dedi Yurgen Klopp.