
Bu vaziyat natijasida kanadalik futbolchining oyog'i sindi, qatarlik futbolchi esa maydondan chetlatildi. Uchrashuv Kanadaning 6:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi.
Konening chap oyoq katta va kichik boldir suyaklari sinishi tashxisi qo'yilgan, shu tariqa futbolchi turnirning qolgan qismini o'tkazib yuboradi. Madibo Ismael Konedan uzr so'ragani va operaciyadan keyin shifoxonada undan xabar olgani aytilmoqda.