
Iroqdan mo'jiza kutamiz
I guruhi doirasida Iroq Senegal bilan o'yin o'tkazadi. Ikkisida ham nol ochko, shu bilan birga, ikkalasida ham pley-offga chiqish uchun imkoniyat bor. Eng kamida Iroq to'plar nisbatiga ko'ra bizdan bitta to'p farqi bilan ustun.
Ammo biz ushbu uchrashuvdan durang kutamiz. Biror jamoaning g'alabasi – kamida og'ir holatga olib qo'yadi. Biroq, Iroq 1:0 hisobda yutib, biz 3:0 hisobida Kongoni mag'lub etsak, imkoniyat bo'lishi mumkin.

Senegal bunga yo'l qo'yadimi? Ko'p ehtimol, yo'q. Ammo syurprizlari bilan esda qolayotgan joriy mundialda hamma narsa bo'lishi mumkin.
Misr va Ispaniyadan g'alaba
“G” hamda “H” guruhida hozir peshqadam bo'lib turgan ushbu ikki terma jamoa o'z yurishini davom ettirib, g'alabaga erishishini kutamiz. Raqiblari, aslida, yomon emas. Misr Eron bilan o'ynasa, ispanlar ochko suv va havodek zarur bo'lib turgan Urugvayga qarshi maydonga chiqadi.

Motivaciya jihatdan olib qaralsa, ikkalasi mag'lub bo'lsa peshqadamlikdan quruq qoladi. Hatto durang ham ularni 1-o'rindan ayirish mumkin.

Shu jihatdan umid qilib, ikki terma jamoaga omad tilaymiz.
Germaniya va Kot-d’Ivuar Ekvadorga yutqazmaydimi?
Pley-off va 1-o'rinni hal qilib ulgurgan Germaniya so'nggi o'yinda shunchaki rasmiyatchilik uchun maydonga chiqadi. Raqib esa g'alabaga tashna Ekvador. Ular ham kamida 3-o'ringa umid bildirmoqda. Biroq nemislar maksimalistlik qilib, eng yomon holatda durang o'ynashi lozim.

Kot-d’Ivuar esa yuqoridagi holatni teskarisini o'ylashi tabiiy. Ular Ekvador yutib, o'zlari mag'lub bo'lsa 3-o'ringa tushib ketishini va boshqa guruhlarga qarashni istashmasa kerak. Shunchaki o'z o'yiningda g'olib bo'l va pley-offga yo'l ol. Germaniyaga qarshi munosib qarshilik ko'rsatgan jamoadan g'alaba kutamiz.
Eng muhimi – O'zbekiston Kongoni yutishi
Yuqoridagi barcha holatlar o'xshasa, bu bayram. Ammo bayramni davom ettirish o'zimiznikilarga qoladi. Ha, Kongo oson raqib emas, ha ularni mag'lub etish oson emas. Ammo, eplasa bo'ladi.

Yana bir gap – yuqoridagi holatlardan qaysidir bo'lmasa ham bizda imkoniyat saqlanib turadi – Kongoni kamida beshta to'p farq bilan mag'lub etish.
JCH-2026'ni Allplay'da tomosha qiling - CHAMPIONATASIA promokodi bilan 45 kun bepul
Promokodni faollashtirish HAVOLASI