
JCH-2026 guruh bosqichining ikkinchi turi yakunlanganidan so‘ng turnirning eng yaxshi assistentlari ro‘yxatida ikki nafar futbolchi yetakchilik qilmoqda.
Hozircha golli uzatmalar soni bo‘yicha Fransiya terma jamoasi hujumchisi Maykl Olise va Shvesiya terma jamoasi forvardi Aleksandr Isak peshqadam bo‘lib turibdi. Har ikki futbolchi hisobida uchtadan assist mavjud.
Ularning ortidan ikki tadan golli uzatma amalga oshirgan katta guruh joy olgan.
Maykl Olise (Fransiya) — 3 assist
Aleksandr Isak (Shvesiya) — 3
Kris Vud (Yangi Zelandiya) — 2
Martin Edegor (Norvegiya) — 2
Rayan Gravenberx (Niderlandiya) — 2
Deniz Undav (Germaniya) — 2
Yozua Kimmix (Germaniya) — 2
Denzel Dyumfris (Niderlandiya) — 2
Muhammad Saloh (Misr) — 2
Braim Dias (Marokash) — 2
Xulio Ensiso (Paragvay) — 2