
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Deklan Rays va uning jamoadoshi Ris Jeyms uchinchi tur doirasidagi Panama terma jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmasliklari mumkin.
BBC nashrining yozishicha, har ikki futbolchida kecha Gana terma jamoasiga qarshi kechgan o‘yindan (0:0) so‘ng noqulaylik (og‘riq) sezilmoqda. Jarohatlar jiddiy deb hisoblanmayapti, biroq ehtiyot chorasi sifatida Rays ham, Jeyms ham bo‘lajak o‘yinni o‘tkazib yuborishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Panama terma jamoasi guruhdagi ikkita mag‘lubiyatdan so‘ng allaqachon Jahon chempionatidagi ishtirokini yakunlab ulgurdi. Angliyaliklar esa 4 ochko jamg‘argan holda, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga Gana terma jamoasini ortda qoldirib, kvartetda birinchi o‘rinda borishmoqda. Xorvatiya terma jamoasi 3 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi.