JCH-2026: «B» guruhining yakuniy jadvali

  • Mr.NoBoDy 25.06.2026 02:33
  • 214
  • 30

AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining «B» guruhidagi barcha o‘yinlar yakunlandi. So‘nggi turda Shveysariya terma jamoasi Kanada ustidan g‘alaba qozondi (2:1), Bosniya va Gersegovina esa Qatardan ustun keldi (3:1).

Shu tariqa, shveysariyaliklar uch turda 7 ochko jamg‘argan holda guruhda birinchi o‘rinni egallashdi va JCH-2026'ning 1/16 finaliga yo‘l olishdi. Kanada 4 ochko bilan ikkinchi pog‘onadan pley-offga chiqdi. Bosniya va Gersegovina ham 4 ochko to‘pladi va eng yaxshi uchinchi o‘rinni egallagan jamoalar sifatida turnirdagi ishtirokini davom ettirishdan umid qilishi mumkin. Qatar terma jamoasi esa 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egalladi va musobaqani tark etdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar