
Belgiya terma jamoasi vingeri Jeremi Doku milliy jamoa ixtiyoriga qaytib keldi. Bu haqda terma jamoa matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» futbolchisi o‘g‘il farzandli bo‘lgani munosabati bilan bir muddatga Londonga ketgan edi.
Belgiya terma jamoasining X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida Dokuning jahon chempionatidagi jamoa lageriga qaytib kelgani aks etgan videolavha joylashtirildi.
«Hayotidagi eng muhim assistdan so‘ng yana lagerda», — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Belgiya terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvini 27 iyunga o‘tar kechasi Yangi Zelandiyaga qarshi o‘tkazadi. Ayni paytda belgiyaliklar 2 ochko bilan «G» guruhida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.