
Portugaliyalik agent Paulu Barboza O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovning iqtidorini yuqori baholadi.
Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati doirasida Portugaliyaga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.
Barbozaning so‘zlariga ko‘ra, Husanovning o‘yini unda juda katta taassurot qoldirgan. Agentning hisoblashicha, o‘zbekistonlik futbolchi kelajakda Angliya Premyer-ligasining eng yaxshi himoyachisiga aylanishi mumkin.
«Kelajakda Husanov APLning eng yaxshi himoyachisi bo‘ladi. Unda buning uchun barcha sifatlar mujassam, u — top-futbolchi», — deya Barbozaning so‘zlarini keltiradi «RB Sport».
Qayd etish joizki, Abduqodir Husanov 2025 yilning boshidan buyon klub miqyosida «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelmoqda.