Ganalik shaman Xarri Keynni la’natdan xalos qilganini e’lon qildi

  • Mr.NoBoDy 25.06.2026 01:11
  • 836
  • 30

Ganalik mashhur shaman Nana Kvaku Bonsam Angliya terma jamoasi hujumchisi va sardori Xarri Keynning ustiga qo‘yilgan la’natni olib tashlaganini ma’lum qildi.

«Xarri Keynni keyingi o‘yinda gol ura olishi uchun ozod qilaman. Xarri, xafa bo‘lish yo‘q», — deb yozdi Bonsam o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Angliya — Gana uchrashuvidan bir necha kun oldin ushbu shaman Keynga qarshi duo o‘qib, uni la’natlashini e’lon qilgan edi. Natijada, tasodifni qarangki, seshanba kungi bahsda Keyn bir necha metrlik masofadan Gana darvozasini ishg‘ol eta olmay, juda qulay imkoniyatni qo‘ldan boy berdi.

JCH-2026 guruh bosqichining 2-turidan so‘ng Angliya va Gana terma jamoalari 4 tadan ochko jamg‘argan holda «L» kvartetida peshqadamlik qilishmoqda.

Uchinchi turda Gana terma jamoasiga Xorvatiya raqiblik qiladi. Ayni damda «shaxmatchilar» 3 ochko bilan uchinchi o‘rinda borishmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar