Lionel Messi kelajak haqida: "Ertami-kechmi tanam taslim bo'ladi, lekin hozircha men zavq olyapman. Xudodan yana bir JCH so'rash juda ko'plik qilardi"

  • Mr.NoBoDy 24.06.2026 20:16
  • 544
  • 30

Argentina terma jamoasi va "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi kelajak borasidagi savollarga javob berdi.

- Siz 39 yoshga to'lyapsiz. Formangizni shuncha vaqt mobaynida qanday saqlab qolyapsiz?

- Maydonda men yoshim haqida emas, futbol o'ynashdan oladigan zavqim haqida o'ylayman va jismonan o'zimni yaxshi his qilyapman. Yoshimga qaramay, g'alabalar uchun kurashishga va bor kuchimni berishga astoydil bel bog'laganman. Ertami-kechmi tanam taslim bo'lishi mumkin, lekin hozircha men zavq olyapman. Men o'ynashni yaxshi ko'raman va har doim buni maksimal darajada yaxshi bajarishga harakat qilaman.

- Tug'ilgan kuningiz uchun eng yaxshi sovg'a nima bo'lardi?

- Men Xudodan ortiqroq narsa so'ray olmayman. U menga sportda hamma narsani berdi va men so'ray oladigan yagona narsa - bu o'zim va oilam uchun salomatlik, shuningdek, odamlarga shuncha vaqt davomida quvonch bag'ishlagan ushbu jamoa bilan bu lahzalardan zavqlanishda davom etishdir.

- Yana bir Jahon chempionati haqida nima deysiz?

- Ochig'ini aytsam, Xudodan buni so'rash juda ko'plik qilardi. U menga bergan narsalar etarlidan ham ortiq. Endi menga faqat zavq olish va har doim eng yuqori darajada raqobatlashishga tayyor bo'lgan ushbu jamoa bilan yana bir bor [g'olib chiqishga] urinib ko'rish qoldi, - dedi Messi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar