
Opta superkompyuteri JCH-2026 guruh bosqichining ikki turidan keyin O‘zbekiston milliy terma jamoasining turnirdagi imkoniyatlari bo‘yicha yangilangan bashoratini e’lon qildi.
Kolumbiyaga (1:3) va Portugaliyaga (0:5) mag‘lub bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi K guruhida ochkosiz holda so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Yangilangan hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonning pley-off bosqichiga chiqish ehtimoli 7,36 foizni tashkil etmoqda. Jamoaning guruhda birinchi o‘rinni egallash imkoniyati esa nol foizga teng.
Shuningdek, tahlilchilar O‘zbekistonning:
1/8 finalga chiqish ehtimolini — 1,24%,
chorak finalga chiqish ehtimolini — 0,33%,
yarim finalga chiqish ehtimolini — 0,06%
deb baholashmoqda.
Finalga chiqish va jahon chempionligi uchun kurashish ehtimoli esa deyarli mavjud emas deb hisoblanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvini 28 iyun kuni Kongo DRga qarshi o‘tkazadi. Fabio Kannavaro shogirdlari uchun mazkur bahs pley-off imkoniyatlarini saqlab qolish yo‘lida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.