Ronaldu O‘zbekistonga qarshi bahsda jamoadoshini mojarodan to‘xtatib qoldi (video)

  • Mr.NoBoDy 24.06.2026 21:33
  • 546
  • 30

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu JCH-2026 doirasida O‘zbekistonga qarshi o‘yinda nafaqat dubl muallifi, balki haqiqiy yetakchi sifatida ham e’tibor markazida bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda uchrashuvning qiziq epizodlaridan biri aks etgan video keng tarqaldi. Unda Portugaliya himoyachisi Joau Kanselu VAR aralashuvidan keyin hakam bilan hissiyotlarga berilgan holda bahslashayotganini ko‘rish mumkin.

Shu payt Ronaldu jamoadoshi oldiga kelib, uni tinchlantirgan va hakamdan uzoqlashtirgan. Natijada ehtimoliy mojaro kelib chiqishining oldi olingan.

Portugaliyalik va xorijlik muxlislar 41 yoshli hujumchining bu harakatini yuqori baholashdi. Ko‘pchilik uning xatti-harakatlarini haqiqiy kapitanlik namunasi sifatida e’tirof etdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur bahsda Portugaliya O‘zbekistonni 5:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lib, Ronaldu ikki gol urib, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar