
Opta tahliliy portali guruh bosqichining ikkinchi turidan keyin JCH-2026 g‘olibligi uchun yangilangan prognozini e’lon qildi.
Superkompyuter hisob-kitoblariga ko‘ra, musobaqaning asosiy favoriti bo‘lib amaldagi jahon chempioni Argentina milliy terma jamoasi qolmoqda. J guruhida birinchi o‘rinni muddatidan avval ta’minlagan argentinaliklarning chempionlik ehtimoli 15,46 foizga baholangan.
Ikkinchi o‘rinda Fransiya milliy terma jamoasi joylashgan bo‘lib, ularning imkoniyati 15,06 foizni tashkil etmoqda. Kuchli uchlikni esa Ispaniya milliy terma jamoasi yakunlab bergan — 12,48%.
Argentina milliy terma jamoasi — 15,46%
Fransiya milliy terma jamoasi — 15,06%
Ispaniya milliy terma jamoasi — 12,48%
Angliya milliy terma jamoasi — 9,48%
Portugaliya milliy terma jamoasi — 6,71%
Germaniya milliy terma jamoasi — 6,60%
Norvegiya milliy terma jamoasi — 5,42%
Braziliya milliy terma jamoasi — 4,56%
Niderlandiya milliy terma jamoasi — 4,26%
AQSH milliy terma jamoasi — 4,07%
Birinchi o‘nlikdan tashqarida Kolumbiya milliy terma jamoasi (2,56%), Shveysariya milliy terma jamoasi (1,74%), Marokash milliy terma jamoasi (1,73%) va Yaponiya milliy terma jamoasi (1,64%) joy olgan.