O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisiga «Chelsi» tizimi qiziqish bildirmoqda

  • Mr.NoBoDy 24.06.2026 19:33
  • 393
  • 30

O‘zbekiston milliy terma jamoasining 18 yoshli himoyachisi Behruz Karimov JCH-2026 dagi o‘yinlari orqali xorijlik mutaxassislar e’tiborini tortmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi BlueCo Xtra sahifasi Angliyaning "Chelsi" va Fransiyaning "Strasbur" klublariga egalik qiluvchi BlueCo kompaniyasini o‘zbekistonlik futbolchiga e’tibor qaratishga chaqirdi.

— BlueCo Behruz Karimovni «Strasbur» uchun transfer qilishi kerak. U 18 yoshli o‘ng qanot himoyachisi bo‘lib, O‘zbekistonning katta iste’dodlaridan biri hisoblanadi. Himoyaviy yakkakurashlarda juda faol harakat qiladi va qanotda elita darajasidagi futbolchilarni to‘xtatish vazifasini bajara oladi, — deyiladi xabarda.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Karimov jahon chempionatida hozirgacha 15 marta to‘pni qaytarib olgan, 34 ta yerdagi yakkakurashda ishtirok etgan hamda ikki uchrashuv yakuni bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining eng yaxshi dribling ko‘rsatkichiga ega futbolchisi bo‘lib turibdi. Uning hisobida oltita muvaffaqiyatli aldash harakati mavjud.

Yosh himoyachi mundialdagi har ikki uchrashuvni deyarli to‘liq o‘tkazdi. Kolumbiyaga qarshi bahsda (1:3) u 90 daqiqa maydonda harakat qildi. Portugaliyaga qarshi uchrashuvda (0:5) esa faqat 89-daqiqada almashtirildi.

Karimovning jahon chempionatidagi ishonchli o‘yini kelajakda Yevropa klublari tomonidan yanada jiddiy qiziqish uyg‘onishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar