Kolumbiya murabbiyi: «Biz tashabbusni o‘z qo‘liga oladigan va hech qachon o‘ziga xiyonat qilmaydigan jamoamiz»

  • Mr.NoBoDy 24.06.2026 13:22
  • 1365
  • 30

Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Nestor Lorenso JCH-2026 2-turida DR Kongo ustidan qozonilgan g‘alabani (1:0) baholadi.

Janubiy amerikaliklar ikkita o‘yinda 6 ochko jamg‘arishdi va pley-off yo‘llanmasini naqd qilishdi.

«Jamoaga barcha sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bunday jamoalarga qarshi chiziqlar orasidagi bo‘sh hududlarni topish kerak. Agar ma’lum standartlarga juda qattiq rioya qilinsa, ular ushbu bo‘sh hududlardan foydalanib qarshi hujumga o‘tishadi.

Biz juda mamnunmiz. Biz tashabbusni o‘z qo‘liga oladigan va bu borada hech qachon o‘ziga xiyonat qilmaydigan jamoamiz. Bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan barchaga rahmat», — dedi Lorenso.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar