«Real»da 80 mln yevroga baholangan Buaddi borasida bir qarorga kelishdi

  • Mr.NoBoDy 24.06.2026 14:44
  • 182
  • 30

«Lill» va Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Ayyub Buaddining Madridning «Real» klubiga o‘tishi amrimahol.

«Qaymoqranglilar» 18 yoshli futbolchining muvaffaqiyatlarini kuzatib borishmoqda va anchadan beri asosiy da’vogarlardan biri sifatida tilga olinmoqda, biroq shu yozdagi transferning ehtimoli past. Jurnalist Mario Kortexananing ma’lumotiga ko‘ra, «Real»da yosh yarim himoyachini ustuvor transfer maqsadi deb hisoblashmayapti. «Lill» futbolchi uchun taxminan 80 mln yevro so‘ramoqda, bu ham «qirollik klubi»ni qoniqtirishi qiyin.

Ayyub Buaddining o‘zi ham «Real»ga o‘tishga intilmayapti, chunki u maydonga muntazam ravishda tushishni va muhim rol o‘ynashni xohlaydi, bu esa Joze Mourinyo jamoasida bo‘lishi amrimahol.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar