«Atletiko» Ispaniya terma jamoasi futbolchisining transferini yaqin soatlarda yakunlaydi

  • Mr.NoBoDy 24.06.2026 14:22
  • 75
  • 30

Ispaniya terma jamoasi va «Bayer»ning chap qanot himoyachisi Alexandro Grimaldo Madridning «Atletiko» klubiga o‘tishga bir qadam yaqin turibdi.

Tomonlar transferning barcha shartlari bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishishga yaqinlar. Insayder Matteo Morettoning ma’lumotlariga ko‘ra, agar kutilmagan biror voqea yuz bermasa, kelishuv bugun, chorshanba kuniyoq yakunlanadi.

Avvalroq «matraschilar» 30 yoshli futbolchi uchun taxminan 20 mln yevro to‘lashlari xabar qilingan edi. Ispaniyalik futbolchi uch yil davomida «Bayer» sharafini himoya qildi, uning «farmasevtlar» bilan amaldagi shartnomasi bir yildan keyin tugaydi.

Yakunlangan mavsumda Grimaldo Leverkuzen jamoasi safida 46 ta uchrashuvda o‘z hisobiga 14 ta gol va 12 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar