
Turkiya terma jamoasi bo'lajak o'yin qanday natija bilan tugashidan qati nazar, "D" guruhida to'rtinchi o'rinda qoladi.
"Futbolchilarimiz shiddatli tanqidlarga uchraganini ko'rib turibmiz va bu ularga ta’sir qildi. Biz psixologik jihatga e'tibor qaratishimiz kerak.
Chunki futbolchilarimizning shu paytgacha ko'rsatgan o'yinlariga nazar tashlasak, fikrimcha, ular ko'proq hurmat va mehrga loyiqdirlar.
To'g'risini aytsam, ushbu ikki o'yin statistikasiga qarasangiz, u bizga boshqa narsani anglatadi. Biz qo'limizdan kelgan barcha ishni qildik, ammo, afsuski, o'xshamadi.
Natijalar kutganimizdek bo'lmadi, biroq biz jamoaga kelganimizdan beri, o'zimiz ko'rsatmoqchi bo'lgan futbol haqida gapiradigan bo'lsak, ehtimol eng yuqori statistik ko'rsatkichlarga erishdik.
Biz doimo muxlislarimizdan qo'llab-quvvatlashni so'raymiz. AQSH bilan o'yin nima bo'lgan taqdirda ham biz uchun muhim. Bizga ishqibozlarning daldasi kerak.
Futbolchilar shunday keskin va nohaq tanqidlarga duch kelgan bir paytda ozgina ko'proq dalda olishlari mumkin edi.
Agar oxirgi bir necha yilga nazar solsangiz, ular katta muvaffaqiyatlarga erishishdi. Biz bu yo'lni ular tufayli bosib o'tdik.
Shu bois, men muxlislarimizdan har qanday vaziyatda ham futbolchilarni qo'llab-quvvatlashlarini so'rayman", - dedi Vinchenco Montella.