
"O'zingizga ma'lumki, so'nggi bir necha hafta davomida Amerika faxr bilan Jahon chempionati-2026 ga mezbonlik qilmoqda.
Ushbu turnir tomoshabinlar tashrifi hamda televidenie ko'rsatkichlari bo'yicha ilgari hech qachon kuzatilmagan rekordlarni yangilamoqda. Bunga kim ham ishonibdi deysiz! Bu biz uchun birinchi raqamli sport turi emas deyishadi, lekin baribir shu natija qayd etilmoqda.
Shuningdek, do'stim - FIFA prezidenti Janni Infantinoni tabriklamoqchiman. U bilan ishlash ajoyib. U juda mamnun, tinimsiz rekordlar qayd etilyapti - xuddi har kuni Superboul o'tkazilayotgandek", - dedi Donald Tramp.