
Fransiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Antuan Grizmann hozirda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida uni alohida hayratda qoldirgan jamoa va futbolchi nomini aytdi.
«Atletiko» sobiq hujumchisining tanlovi kutilganidek «uchranglilar» va sobiq jamoadoshi Kilian Mbappega tushdi.
«JCH-2026da qaysi terma jamoa meni hammadan ko‘proq hayratda qoldirdi? Mbappesi bor Fransiya. Kilian — eng zo‘ri, u shunchaki yonyapti», — deya yaqinda «Orlando Siti»ga o‘tgan Grizmannning so‘zlarini keltiradi «Madrid Xtra».
Kilian Mbappe to‘rtta gol bilan joriy mundial to‘purarlar poygasida ikkinchi pog‘onani egallab turibdi va faqatgina Lionel Messidan (beshta) ortda qolmoqda.