Krishtianu Ronaldu: "Kim mehnat qilsa, Xudo unga yordam berishiga ishonaman"

  • Mr.NoBoDy 24.06.2026 12:08
  • 283
  • 30

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jahon chempionati "K" guruhi 2-turidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi o'yindan so'ng (5:0) o'z fikrlarini bildirdi.

– Ajoyib faoliyatingizni yakunlash arafasida Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o'rtasidagi duelni ko'rish imkoniyati haqida so'ramoqchiman. Ikkingiz o'rtangizdagi buyuk uchrashuv haqida nima deya olasiz?

– Guruhdagi holatimiz va Kolumbiyaga qarshi kechadigan qiyin o'yin haqida gapirish muhimroq. Oldingi hafta juda qiyin va og'ir o'tdi, jamoatchilik bizga, menga va murabbiyga nisbatan juda qattiqqo'l bo'ldi. Agar doim shunday bo'lsa, hechqisi yo'q, chunki ishlar yurishmasa, shunday bo'lishi tabiiy. Lekin jamoadoshlarim bilan yuqori o'rinlarda borayotganimiz yaxshi holat. Bugun Portugaliya beshta gol urdi, bu oson emas. To'g'risi, juda xursandman. Endi dam olib, oldinga intilishimiz kerak.

– Boshqalaridan farqli o'laroq, yulduzlar musobaqasi bo'lyapti. Messi, Mbappe, Holand o'z so'zini aytdi, o'zingiz aytganingizdek, faqat Krishtianu ko'rinmayotgan edi. Bugun esa Krishtianu yetib kelganini ko'rsatdi, Portugaliya va Krishtianu bugun o'z so'zini aytdi.

– Men doim o'z so'zimni aytaman, ertami-kechmi, shu yerda bo'laman. Shuning uchun ishlashda davom etish kerak. Qilayotgan ishimga juda ishonaman. Kim mehnat qilsa, Xudo unga yordam berishiga ishonaman. Faoliyatim doim shunday kechgan va hech narsa o'zgarmaydi. Juda xursandman, chunki men uchun eng asosiysi bu – jamoa. Ular bilan va oilalarimiz bilan birdam bo'lish, chunki faqat shunigina nazorat qila olishimizni bilamiz. Tashqarida aytilayotgan gap-so'zlarni nazorat qila olmaymiz. Yaxshi o'ynamasak yoki g'alaba qozonmasak, doim tanqidga uchraymiz, ayniqsa men. Lekin oldin aytganimdek, bunga o'rganib qolganman va yo'limda davom etaman.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar