Tuxel: «Vaqt o‘tgani sayin Angliya yanada shiddatliroq o‘ynadi»

  • Mr.NoBoDy 24.06.2026 12:55
  • 144
  • 30

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel JCH-2026 doirasidagi Angliya va Gana (0:0) o‘rtasidagi uchrashuv yakunlarini sarhisob qildi.

«Odatda Keynning bunday zarbasi biz uchun gol bilan tugardi. Bu ajoyib vaziyat edi, undan keyin yana bir imkoniyat yuzaga keldi. Bu haqqoniy bo‘lardi.

Qiyin bo‘lishini bilardik. Raqib birinchi o‘yinga qaraganda ham ko‘proq himoyaga yotib oldi, 4-5-1 sxemasida himoyalandi. Vaqt o‘tgani sayin o‘yinimiz shiddati oshib bordi, biroq mukofotimizni olish nasib etmadi.

Uchrashuvning katta qismida raqibning qarshi hujumlaridan a’lo darajada himoyalandik. Bunga juda katta e’tibor qaratish lozim. Zaxiradan maydonga tushganlar juda yaxshi harakat qilishdi», — dedi Tuxel.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar