Tuxel Bellingemning rekordiga izoh berdi

  • Mr.NoBoDy 24.06.2026 14:22
  • 46
  • 30

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel yarim himoyachi Jud Bellingemning rekordi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Madridning «Real» klubining 22 yoshli vakili Angliya terma jamoasi safida 50 ta o‘yin o‘tkazgan eng yosh futbolchiga aylandi. Yarim himoyachi ushbu marrani JCH-2026 doirasidagi Ganaga qarshi golsiz durang bilan yakunlangan bahsda zabt etdi.

«Yaqin orada u yana 50 ta o‘yin o‘tkazadi! Ushbu turnir Judning eng yaxshi tomonlarini ochib bermoqda. Unda jiddiy ustunlik bor – u ayniqsa maksimal bosim ostida juda yaxshi o‘ynaydi. Men uning jamoaga qanchalik sodiqligini, 100 foiz bor kuchini berishga intilayotganini ko‘rdim. Uning iqtidori nechog‘li yuqori ekanligini va biz uchun muhimligini yana bir bor eslatib o‘tishga hojat yo‘q», — dedi Tuxel ITV bilan suhbatda.

Aynan Bellingem FIFA tomonidan Angliya – Gana uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi sovrini bilan taqdirlandi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar