
Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar Lionel Messi yana bir necha yil o‘ynashini va hozircha faoliyatini yakunlamoqchi emasligini ma’lum qildi.
Messi Argentina terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionatida urgan barcha beshta goliga mualliflik qildi. Bundan tashqari, u Avstriyaga qarshi o‘yinda penaltini noaniq amalga oshirib, to‘pni darvoza yonidan tepib yuborgan edi.
«Ha, men yana biroz vaqt, bir necha yil, to sog‘lig‘im yo‘l qo‘ygunicha va jamoalarimga foyda keltira olishimgacha davom etaman», — deya Messining so‘zlarini keltiradi Fabrisio Romano.
Argentina terma jamoasi mundial startidagi ikkita g‘alaba evaziga pley-off bosqichi yo‘llanmasini muddatidan oldin naqd qildi. Guruh bosqichining Iordaniyaga qarshi so‘nggi bahsi turnir nuqtai nazaridan ahamiyatga ega bo‘lmaydi.