
FIFA prezidenti Janni Infantino Donald Tramp JCH-2026 g‘oliblariga Jahon kubogini topshirishini tasdiqladi.
Avvalroq AQSH prezidentiga jahon chempionati finalida g‘olib chiqqan jamoaga qo‘shilishga ruxsat berilishi haqida xabar berilgan edi. FIFA siyosatchining o‘ziga taqdirlash marosimida jamoa bilan qolish yoki boshqa rasmiy shaxslar yonida bo‘lishni mustaqil hal qilish imkoniyatini beradi.
«Biz prezident Tramp bilan birga bo‘lamiz, finaldan zavq olamiz va albatta, g‘olibga kubokni birgalikda topshiramiz. Biz hamisha birgamiz», — dedi Infantino «Fox & Friends»ga bergan intervyusida.
2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tmoqda.