
Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich milliy jamoa safida 200 ta o‘yin o‘tkazdi.
JCH-2026 2-turidan o‘rin olgan Panama terma jamoasiga qarshi o‘yin xavbek uchun xorvatlar safidagi yubiley uchrashuvga aylandi.
«Milan»ning 40 yoshli yarim himoyachisi Lionel Messi (Argentina safida 201 ta o‘yin), Bader Al-Mutva (Quvayt safida 202 ta o‘yin) va Krishtianu Ronaldudan (Portugaliya safida 230 ta o‘yin) keyin ushbu ko‘rsatkichga erishgan tarixdagi atigi 4-futbolchi bo‘ldi.