
2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichining navbatdagi uchrashuvida Kolumbiya va Kongo DR terma jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi.
"K" guruhidan o‘rin olgan bellashuv Meksikaning Sapopan shahridagi «Akron» stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Kolumbiya terma jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Yagona gol 76-daqiqada kolumbiyalik himoyachi Daniel Munyos tomonidan kiritildi. Kongo posboni esa o‘yin davomida bir nechta seyvlar namoyish etib, hisob yirik ko‘rinish olishiga yo‘l qo‘ymadi.
Ikki turdan so‘ng Kolumbiya 6 ochko bilan K guruhida peshqadam bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rinda 4 ochko bilan Portugaliya joylashgan. Kongo 1 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Hali ochko jamg‘argan O‘zbekiston milliy jamoasi so‘nggi turda Kongoni mag‘lub etsa, pley-off bosqichiga chiqishi mumkin.
Jahon chempionati-2026. K guruhi, 2-tur
24 iyun, chorshanba
Kolumbiya — Kongo DR — 1:0
Gol: Daniel Munyos, 76.