
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham onasining vafoti munosabati bilan JCH-2026 dagi jamoa qarorgohini tark etdi.
Fransiya futbol federasiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Desham onasining dafn marosimida qatnashish uchun Fransiyaga qaytadi. Guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan va 26 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Norvegiyaga qarshi o‘yinda bosh murabbiy vazifasini Gi Stefan bajaradi.
«Ushbu nihoyatda og‘riqli damda murabbiy va uning oilasiga ulkan sabr-toqat tilaymiz hamda federasiyaning barcha a’zolari nomidan ularni qo‘llab-quvvatlashimizni bildiramiz», — deyiladi FFF bayonotida.