Anchelotti: «Muxlislar Endrikni maydonda ko‘rishni juda xohlashmoqda, ammo endi bizda Neymar ham bor»

  • Mr.NoBoDy 24.06.2026 13:22
  • 14
  • 30

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Endrik va Neymarni maydonga tushirish haqidagi iltimoslar ustidan hazil qildi.

Avvalroq italiyalik mutaxassis «Santos» hujumchisi Shotlandiyaga qarshi o‘yinda jamoa tarkibida bo‘lishini ma’lum qilgandi. Endrik esa bundan oldin Gaitiga qarshi bahsda maydonda 26 daqiqa o‘tkazgan edi.

«Muxlislar Endrikni maydonda ko‘rishni juda xohlashayotganini payqadim, ammo ertaga bizda Neymar ham bo‘ladi. Shunday ekan, muxlislarda Endrik va Neymar o‘rtasida tanlov borasida ikkilanish bo‘larmikan? Menimcha, ular ikkalasini ham talab qilishadi», — dedi Anchelotti.

Braziliyaliklar JCH 3-turida Shotlandiya terma jamoasiga qarshi 25 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:00da maydonga tushishadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar