Fergyuson Shotlandiyaning Marokashdan uchragan mag‘lubiyatiga izoh berdi

  • Mr.NoBoDy 20.06.2026 13:22
  • 49
  • 30

Jahon chempionati-2026 guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Shotlandiya terma jamoasi Marokash milliy terma jamoasidan minimal (0:1) hisobda mag‘lubiyatga uchradi. Mazkur natija borasida mag‘lub bo‘lgan jamoa yarim himoyachisi Lyuis Fergyuson o‘z fikrlarini bildirdi.

«Mundialda g‘alaba qozonish juda qiyin, chunki bu yerdagi har bir terma jamoa yuqori klassga ega. Mag‘lubiyatdan juda xafamiz. Mening fikrimcha, jamoamiz kamida durang o‘ynashga loyiq edi», — deya yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) matbuot xizmati.

Shotlandiya terma jamoasi hisobidagi 3 ochko bilan o‘z guruhida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. So‘nggi hal qiluvchi turda britaniyaliklarga Braziliya milliy terma jamoasi raqiblik qiladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar