
Turkiya ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritgan jurnalist Muhammad Duman Turkiya terma jamoasining Jahon chempionati-2026dagi muvaffaqiyatsizligiga munosabat bildirdi. Milliy terma jamoa dastlabki ikki o‘yindan so‘ng turnirni tark etdi.
«Biz haqiqiy shok holatidamiz. Gyuler, Chalhano‘g‘li, Aktyurko‘g‘li, Yildiz… Biz bu futbolchilardan juda ko‘p narsa kutgan edik. Ular esa eng yomon o‘yin ko‘rsatganlar qatorida bo‘lishdi. Bu Ardaning bunchalik yomon o‘ynaganini birinchi marta ko‘rishimiz edi», — deya jurnalistning so‘zlarini keltiradi «Chempionat» nashri.
Jahon chempionati guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan bahsda Turkiya terma jamoasi Paragvayga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Turnirdagi dastlabki o‘yinda esa Vinchenso Montella shogirdlari Avstraliyadan mag‘lubiyatga uchrashgan edi (0:2).
Turklar mundialdagi so‘nggi uchrashuvini AQSH terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.