Montella Turkiyaning JCH-2026 dan chiqib ketgani haqida: "Mamlakatning umidlari katta edi – afsusdaman"

  • Mr.NoBoDy 20.06.2026 12:48
  • 916
  • 30

Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Vinchenco Montella Paragvay terma jamoasidan uchralgan mag'lubiyatdan (0:1) so'ng jamoaning JCH-2026 guruhidan chiqa olmagani yuzasidan gapirdi.

"Juda afsusdaman. Mamlakatning umidlari katta edi. O'zimizning ham umidlarimiz katta bo'lgandi. Turkiya futbol federatsiyasi uchun ham afsusdaman. Futbolchilarimiz qanchalik qattiq mehnat qilganini bilaman. Odatda bunday voqealar 50 ta o'yinda bir marta sodir bo'ladi. Ikkita o'yinda darvozaga 65 ta zarba berildi. Hatto to'pga egalik qilish haqida gapirgim ham kelmaydi. Taqdir biz tomonda emasdi. Men o'yinchilarga: "Sizlar bor kuchingizni berdingiz. Taqdirga tan bermaslikning iloji yo'q", dedim. Men: "U futbolchi ko'proq ish qilishi mumkin edi, bu futbolchi yaxshiroq o'ynashi mumkin edi", demayman. Men doimo futbolchining ambiciyasiga qarayman. Ularning barchasi aqlbovar qilmas darajada kurashdi. Ambiciyalar juda yuqori edi. Barcha qattiq mehnat qildi, tirishib jang qildi, lekin afsuski, o'xshamadi. Katta turnirlarda o'ynash odatini shakllantirish kerak. Biz Jahon chempionatiga muntazam kelishimiz kerak. Muntazam ishtirok etmaganimiz uchun, futbolchilarning ong ostida, balki, nimadir muhrlanib qolgandir. Terma jamoa bu odatni o'zlashtirishi shart. Kimdirni ajratib ko'rsatish va tanqid qilish oson. Kimnidir ayblashga hojat yo'q. Chunki biz qo'limizdan kelganini qildik. Men ham juda xafaman", – dedi Vinchenco Montella.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar