
"Men Xulian Alvaresni taklif qilgan bo'lardim. Menimcha, u fantastik futbolchi. Mening fikrimcha, Xulian jamoamizga ideal tarzda mos tushgan va juda muhim o'yinchiga aylangan bo'lardi", - deya de la Fuentening so'zlarini Mundo Deportivo nashri COPE radiosiga tayanib keltirmoqda.
Alvares Argentina terma jamoasi sharafini himoya qiladi. 26 yoshli hujumchi milliy terma jamoa safida barcha musobaqalarda 52 ta o'yin o'tkazib, 14 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. U 2022 yilda Argentina terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo'lgan.