
Kamoliddin Alimov, Nodirxo'ja Yuldashev, Tolibjon Qosimov ishtirok etgan ko'rsatuv startida O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi, muxlislar yoqimtoyi Aleksandr Geynrixning fikrlari bilan boshlandi.

“Barcha muxlislarni Jahon chempionati bilan tabriklayman. Bu biz uchun tarixiy musobaqadir, chunki ilk bor bunday yirik turnirda ishtirok etyapmiz. Hozir ichimda turlicha hissiyotlar jo'sh urmoqda, to'g'risi, mo'jiza kutyapman. O'zbekiston va futbolimiz bilan faxrlanaman, g'ururlanaman”,- deydi Geynrix.

“Yigitlarga omad tilayman. Muhimi, bahslarga jarohatlarsiz yetib borishsin. Maydonda o'z futbolingizni ko'rsating, qo'rqmang. Biz - millionlab muxlislar siz bilanmiz. Nafaqat yurtdoshlarimiz, balki butun MDH ham O'zbekistonga muxlislik qiladi.
O'yinlardagi suv ichish uchun to'xtalishlarga kelsak, bu albatta uchrashuvning tomoshabopligiga salbiy ta’sir qilyapti, deya olaman”,- deya fikr bildirdi sobiq to'ptepar.

“Kolumbiya - juda tajribali va kurashuvchan jamoa. Tarkibida texnik va tezkor futbolchilar yig'ilgan. Ikkinchi tomondan, Osiyo jamoalari ham qanday o'ynayotganini ko'rib turibmiz. Men yigitlarimizga ishonaman. Sizlar uchun bayroqlarni baland ko'taramiz. Targ'ibot roliklaridan ham ko'rinib turibdiki, butun xalq sizga umid bog'lagan. Omad va zafarlar yor bo'lsin, olg'a, O'zbekiston”,- deydi Aleksandr Geynrix.
Homiylarimiz: CAU, “InfinBank”, “AKFA”, “Ucell”, “TT LLC”, “Black Cofee”, “OfoTour”