
Portugaliyalik yarim himoyachi Joau Nevesh Jahon chempionati 1-turidan o‘rin olgan Kongo DRga qarshi uchrashuvda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
«PSJ» va Portugaliya terma jamoasining 21 yoshli xavbeki o‘z milliy jamoasiga kongoliklar darvozasini ishg‘ol etishda yordam berdi. Uchrashuvning 6-daqiqasida futbolchi raqib jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va to‘pni bosh bilan darvoza to‘riga joylab qo‘ydi.
Opta Sports tahliliy portalining xabar berishicha, Nevesh XXI asrda Jahon chempionati bahslarida bosh bilan gol urishga muvaffaq bo‘lgan eng past bo‘yli ikkinchi futbolchiga aylandi. Neveshning bo‘yi — 174 sm. Ushbu reytingda birinchi o‘rin urugvaylik Jorjian de Arraskaetaga (173 sm) tegishli bo‘lib turibdi.