
Lionel Messi Jahon chempionatida Argentina terma jamoasi safida gol urganidan keyin yig‘lab yubordi. O‘yindan so‘ng yulduz hujumchi o‘z ko‘zyoshlari sportga aloqador emasligini ta’kidladi. Shu bilan birga, Messi tafsilotlarni oshkor qilishni istamadi.
The Touchline nashrining jurnalist Eduardo Faynmannga tayanib xabar berishicha, Messining bunday his-tuyg‘ulari uning otasi bilan bog‘liq. Xorxe Messining sog‘lig‘ida jiddiy muammolar bor va shu haftada uning ahvoli yanada yomonlashgan.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi Jahon chempionati bahsida Jazoir ustidan 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. «Albiseleste» mundialdagi navbatdagi uchrashuvini 22 iyun kuni Avstriyaga qarshi o‘tkazadi.
Argentina terma jamoasi amaldagi Jahon chempioni hisoblanadi.