
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu yirik xalqaro turnirlardagi golsiz seriyasini uzaytirdi.
Jahon chempionati-2026 1-turidan o‘rin olgan Kongo DRga qarshi uchrashuvdan (1:1) so‘ng, 41 yoshli hujumchining hisobidagi Jahon va Yevropa chempionatlaridagi golsiz o‘yinlar soni qatorasiga 10 taga yetdi. Bu portugaliyalik futbolchi faoliyatidagi eng uzoq davom etgan bunday yomon seriyadir. Bundan tashqari, Kongo DR bilan bahs Ronaldu uchun yirik turnirlardagi eng kam ko‘zga tashlangan o‘yinlardan biri bo‘ldi. Hujumchi butun uchrashuv davomida to‘pga atigi 25 marta tegindi. Bu haqda Opta Sports telegram-kanali xabar bermoqda.
Oldinda Roberto Martines shogirdlarini O‘zbekiston va Kolumbiya terma jamoalariga qarshi bahslar kutib turibdi.