
Fransiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Gael Klishi Portugaliya va Kongo DR terma jamoalari o‘rtasidagi durang natijaga munosabat bildirdi. Jamoalar Jahon chempionati guruh bosqichining 1-turida 1:1 hisobida durang o‘ynashdi.
«Umuman olganda, bu Kongo DR uchun ajoyib natija. Menimcha, jamoa juda yaxshi o‘yin o‘tkazdi. Portugaliyada esa Roberto Martinesning ayrim qarorlari bo‘yicha savollar tug‘ilishi aniq. Kongolik futbolchilarning mehnatini e’tirof etish kerak, chunki bu jamoa uchrashuvda bemalol g‘alaba qozonishi ham mumkin edi», — dedi Klishi BBC efirida.
Kongo DR terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatlaridagi birinchi ochkosini qo‘lga kiritdi. Ular o‘zlarining debyut musobaqasi bo‘lgan 1974 yilgi mundialda 3 ta o‘yinning barchasida mag‘lub bo‘lib, o‘z darvozalaridan javobsiz 14 ta to‘p olib chiqishgan edi.