Anchelotti Braziliya uchun yangi hujumkor taktika topdi

  • Mr.NoBoDy 18.06.2026 00:11
  • 22
  • 30

Braziliya terma jamoasi Jahon chempionatining ilk turida Marokash bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Endi «selesao» Gaitiga qarshi bahsga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

The Touchline nashrining Sport gazetasiga tayanib xabar berishicha, Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti mashg‘ulotlarda 4-2-4 sxemasini sinovdan o‘tkazgan. Ushbu taktikada hujum chizig‘i Gabriel Martinelli, Vinisius Junior, Igor Tyago va Luis Enrikedan tashkil topgan.

Braziliya – Gaiti uchrashuvi 20 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:30 da boshlanadi.

Ўхшаш янгиликлар