Skaloni Jazoir terma jamoasi haqida: «Ular bizga albatta qiyinchilik tug‘dirishadi»

  • Mr.NoBoDy 16.06.2026 11:55
  • 33
  • 30

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni jamoaning turnirdagi startiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida nutq so‘zladi. 17 iyun kuni Argentina Jazoir bilan to‘qnash keladi.

«Birinchi tur har doim ham terma jamoalarning haqiqiy kuchini ko‘rsatavermaydi. Ispaniya misolida ko‘radigan bo‘lsak — jamoa Kabo-Verde bilan durang o‘ynadi, vaholanki bemalol g‘alaba qozonishi mumkin edi. Bu qiyin raqib. Daraja o‘sgan», — dedi u.

«Jazoir — yaxshi jamoa. Ularda tezkor hujumchilar, yaxshi jismoniy holat va texnika bor. Bu jamoa bilan ehtiyot bo‘lish va ularni hurmat qilish kerak. Ular bizga albatta qiyinchilik tug‘dirishadi. Natijaga erishish uchun yaxshi o‘yin ko‘rsatishimiz lozim».

Skaloni, shuningdek, turnirga kichik jarohatlar bilan yetib kelgan ikki futbolchi — Lionel Messi va Xulian Alvaresning holati haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, jamoa sardori katta ehtimol bilan asosiy tarkibda maydonga tushadi.

Ўхшаш янгиликлар