Yevropa jamoalari JCHni juda omadsiz boshladi

  • Mr.NoBoDy 16.06.2026 11:56
  • 261
  • 30

Jahon chempionati-2026: Yevropa jamoalari hozircha g'alabadan ko'ra ko'proq ochko yo'qotmoqda - 10 ta o'yinda 3 ta g'alaba

AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qilayotgan turnirda Yevropa terma jamoalari hozirgacha 10 ta uchrashuv o'tkazishdi: ulardan faqat Germaniya (Kyurasaoga qarshi 7:1), Shvetsiya (Tunis bilan 5:1) va Shotlandiya (Gaiti bilan 1:0) g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi.

Quyidagi jamoalar esa o'z uchrashuvlarini durang bilan yakunlashdi:

Bosniya va Gertsegovina (Kanada bilan 1:1)

Shveytsariya (Qatar bilan 1:1)

Niderlandiya (Yaponiya bilan 2:2)

Ispaniya (Kabo-Verde bilan 0:0)

Belgiya (Misr bilan 1:1)

Chexiya (Janubiy Koreyadan 1:2) va Turciya (Avstraliyadan 0:2) terma jamoalari esa mag'lubiyatga uchrashdi.

Ўхшаш янгиликлар