
«Ayntraxt» va Germaniya terma jamoasining 23 yoshli qanot himoyachisi Nataniel Braun yaqin orada «Bavariya»ga o‘tishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar yakuniy bosqichda turibdi. Kelishuv summasi 55 million yevroni tashkil etishi kutilmoqda. Braunning o‘zi «Bavariya» bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolashi kerak. Myunxenliklar ushbu transfer yaqin kunlarda amalga oshishiga ishonch bildirishmoqda.
Yakunlangan klub mavsumida Braun barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.
Davom etayotgan jahon chempionatida himoyachi allaqachon ikkita samarali ball (1+1) to‘plashga ulgurdi. Birinchi turda u nemislar jamoasiga Kyurasaoni tor-mor etishda (7:1) yordam berdi.