
Angliya terma jamoasi hujumchisi Bukayo Saka JCH-2026 startidagi Xorvatiyaga qarshi uchrashuv oldidan muxlislarni tinchlantirishga harakat qildi. U sog‘lig‘idagi muammolarga qaramay, o‘yinga tayyor ekanligini bildirdi.
"Arsenal" va Angliya terma jamoasi tibbiy shtabi tiklanishimga juda yaxshi yordam berishdi. Hozir o‘zimni so‘nggi oylardagiga qaraganda ancha yaxshi his qilyapman, o‘ynashga tayyorman", — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Metro.
Jurnalistning o‘zini 100 foiz tayyor his qilyaptimi-yo‘qmi degan savoliga Saka ijobiy javob berdi. Xorvatlarga qarshi 17 iyun kuniga belgilangan uchrashuv u uchun milliy terma jamoa libosidagi 50-o‘yinga aylanishi mumkin.