Pogba Yamalning jahon futbolida qaysi o‘rinda ekanligini aytdi

  • Mr.NoBoDy 16.06.2026 11:44
  • 27
  • 30

«Manchester Yunayted» va Turinning «Yuventus» klublari sobiq futbolchisi Pol Pogba Ispaniya terma jamoasi va Kataloniyaning «Barselona» klubining 18 yoshli vingeri Lamin Yamal haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Yamal juda yosh futbolchi, u o‘zini ajoyib his qilmoqda. Menimcha, u bor e’tiborini futbolga qaratishi va boshqa ishlarni chetga surib turishi kerak. Atrofini to‘g‘ri odamlar bilan o‘rab olishi lozim. Uning yaqinlari va agentlari muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi vaqtda u dunyoning eng zo‘ri bo‘lmasa ham, shubhasiz, kuchli uchlikka kiradi», — deya fransuzning so‘zlarini keltiradi El Chiringuito.

18 yoshli ispaniyalik futbolchining transfer qiymati 200 million yevroga baholanmoqda. Uning «Barselona» bilan shartnomasi 2031 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Ўхшаш янгиликлар