JCH-2026. Osiyo jamoalarining mag'lubiyatsiz yurishi davom etmoqda. Eron shiddatli kechgan bahsda Yangi Zelandiya bilan durang o'ynadi

  • Mr.NoBoDy 16.06.2026 08:08
  • 503
  • 30

Hozirgina "G" guruhidan o'rin olgan Eron va Yangi Zelandiya o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

Uchrashuv 2:2 hisobidagi jangovar durang natijasi bilan yakunlandi. Uchrashuvda Yangi Zelandiya jamoasi 2 marta oldinga chiqib olishga erishgandi, biroq eronliklar har ikki golga javob bera olishdi. Bahsning 7-daqiqasida Elaydja Jast hisobni ochdi. Birinchi bo'limning 2-yarimida esa eronliklar hisobni tenglashtirishga erishdilar. Eronliklarning joriy JCHdagi ilk golini Ramin Rezayan urdi. Shu tariqa, jamoalar tanaffusga durang natijasi bilan chiqishdi. Ikkinchi bo'limning boshida Jast yana gol urdi va uchrashuvda dubl qayd etdi. Biroq eronliklar yana tezda javob qaytarishdi. Bu safar eronliklardan Moxebi gol urdi. Shu tariqa, uchrashuv 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi.

Shu tariqa, hozirga kelib, Osiyo jamoalari JCHda muvaffaqiyatli ishtiroklarini davom ettirmoqda. Hozircha hech bir Osiyo jamoasi mag'lub bo'lmadi.

Eron - Yangi Zelandiya 2:2

Gol: 7, 54 - Elaydja Jast - 33 - Ramin Rezayan, 64 - Moxammad Moxebi

06:00, Los Anjeles

Eron: Beiranvand, Xalilzade, Muhammadiy, Yusefiy, Nematiy, Rezoiyon, Ezatollohiy, Mohebiy, Goddos, Taremiy, Mog'anlu.

Yangi Zelandiya: Krokomb, Peyn, Boksall, Kakache, Surman, Bell, Stamenich, Singh, Makkovatt, Jast, Vud.

photo_2026-06-16_04-29-28.jpg

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar