Xalk va Ronaldinyo Braziliyaning JCH-2026dagi o‘yini oldidan uchrashishdi

  • Mr.NoBoDy 13.06.2026 13:33
  • 40
  • 30

Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi sobiq hujumchii Xalk «Barselona», «Milan» va «PSJ» klublari sobiq yarim himoyachisi Ronaldinyo bilan uchrashdi. Braziliyalik yulduzlar «selesao»ning Jahon chempionati — 2026 dagi starti oldidan Nyu-Yorkda o‘zaro suhbatlashishdi.

Braziliya terma jamoasi italiyalik murabbiy Karlo Anchelotti boshchiligida mundialdagi o‘z yurishini Marokash milliy jamoasiga qarshi bahs bilan boshlaydi. Ushbu uchrashuv yakshanba, 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yinning boshlanishi Toshkent vaqti bilan soat 03:00 ga rejalashtirilgan.

Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar Shimoliy Amerikaning uchta mamlakati: AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Amaldagi chempionlik unvoni sohibi Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Ўхшаш янгиликлар