Shvesiya Jahon chempionati bahslarida oxirgi 88 yil ichida ilk bor 5 ta gol urdi

  • Mr.NoBoDy 15.06.2026 12:55
  • 125
  • 30

Jahon chempionati – 2026 guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan bahsda Shvesiya terma jamoasi Tunis milliy jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Skandinaviyaliklar afrikaliklarni qiyinchiliksiz mag‘lub etib, 5:1 hisobida yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi Stats Foot sahifasi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, shvedlar Jahon chempionatlari tarixida 1938 yildan beri ilk bor bitta o‘yinda beshta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. O‘shanda skandinaviyaliklar Kuba terma jamoasi darvozasiga javobsiz 7 ta gol yo‘llashgan edi.

Grem Potter shogirdlari ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng 3 ochko jamg‘arib, o‘z guruhlarida peshqadamlikni qo‘lga olishdi. Shvesiya terma jamoasi navbatdagi turni Yaponiya bilan durang (2:2) o‘ynagan Niderlandiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Ўхшаш янгиликлар