Kamada Niderlandiya bilan 2:2 hisobidagi durangdan so‘ng: «Kamida bir ochko olishimiz kerakligini bilardik»

  • Mr.NoBoDy 15.06.2026 13:11
  • 227
  • 30

Jahon chempionati – 2026 guruh bosqichining 1-turida Yaponiya terma jamoasi Niderlandiya milliy jamoasi bilan kechgan bahsda durangni ilib ketdi. So‘nggi daqiqalargacha shiddatli kechgan uchrashuv 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 88-daqiqasida osiyoliklar uchun muhim ochkoni keltirgan yarim himoyachi Daiti Kamada bo‘lib o‘tgan o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Biz ushbu o‘yinda kamida durang qayd etishimiz shartligini yaxshi tushunib turgandik. Bahs juda qiyin kechdi. Shunga qaramay, mashg‘ulotlarda nimaning ustida ishlagan bo‘lsak, maydonda o‘shani ko‘rsata oldik. Bir ochkoni qo‘lga kiritganimizdan xursandmiz», — deya yarim himoyachining so‘zlarini FIFA matbuot xizmati keltiradi.

Yaponiya terma jamoasi turnirdagi navbatdagi uchrashuvini 21 iyun kuni Tunisga qarshi o‘tkazadi.

Ўхшаш янгиликлар