
Argentina terma jamoasining hujumchisi Lionel Messi sonidan olgan jarohatidan forig‘ bo‘ldi va Jahon chempionati 2026 guruh bosqichining birinchi turidan o‘rin olgan Jazoir terma jamoasiga qarshi o‘yinda maydonga tushishga tayyor. Bu haqda El Desmarque jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, 38 yoshli forvard «albiseleste» tarkibida ilk daqiqalardan maydonga tushadi.
Argentina va Jazoir terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv chorshanba, 17 iyun kuni bo‘lib o‘tadi va bosh hakamning start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 6:00 da yangraydi.
Shuningdek, guruh bosqichida Avstriya va Iordaniya terma jamoalari ham argentinaliklarga raqiblik qiladi.