Portugaliya kutilmagan muammoga duch keldi

  • Mr.NoBoDy 15.06.2026 13:44
  • 917
  • 30

Portugaliya terma jamoasi kechagi kechki mashg‘ulotlar va matbuot anjumanini bekor qildi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, bunday qaror noqulay ob-havo sharoiti tufayli qabul qilingan. Xavfsizlik nuqtai nazaridan mashg‘ulotlar jarayoni va jurnalistlar bilan uchrashuv qoldirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionatining guruh bosqichida Roberto Martines shogirdlari O‘zbekiston, Kolumbiya va Kongo DR milliy terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

JCH-2026 musobaqasi 11 iyundan 19 iyulga qadar Shimoliy Amerikaning uchta davlati: AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda. Amaldagi chempion — Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Ўхшаш янгиликлар